Bugun 9 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Andijonda ish vaqtida vafot etgan xodim oilasiga 485,7 million so‘m to‘lanadi

Andijonda ish vaqtida vafot etgan xodim oilasiga 485,7 million so‘m to‘lanadi

Ish vaqtida vafot etgan xodimning oila a’zolariga 485,7 million so‘m mablag‘ to‘lanishi belgilandi. Bu haqda bandlik vazirligi xabar berdi.

Andijonlik SH.Nurillayevaning turmush o‘rtog‘i N. Nurillayev mehnat vazifalarini bajarayotgan vaqtda tan jarohati olib vafot etgan.

SH.Nurillayeva boquvchisini yo‘qotganligi uchun korxona tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan bir martalik nafaqa hamda oyma-oy zarar to‘lovlarini undirishda amaliy yordam so‘rab Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasiga murojaat qilgan.

Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan fuqaroning murojaati belgilangan tartibda o‘rganib chiqilib sudga da’vo arizasi kiritildi.

Ariza qanoatlantirilib sudning hal qiluv qaroriga asosan Nurillayeva foydasiga 485 million 760 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini undirish belgilandi.

Kiritildi: 16:32 07.01.2025. O'qildi: 1034 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!