Bugun 16 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Andijonda ichki a’zolariga taqinchoq yashirgan ayollar qo‘lga tushdi

Andijonda ichki a’zolariga taqinchoq yashirgan ayollar qo‘lga tushdi

3 ayol qiymati 200 mln so‘m bo‘lgan taqinchoqlarni ichki a’zolariga yashirib olib kirishga urinayotganda ushlandi.

Andijonda 200 mln so‘mlik taqinchoqlarni ichki a’zolariga yashirib olib kirmoqchi bo‘lgan uch ayol qo‘lga tushdi, deb xabar bermoqda viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati.

Qayd etilishicha, Andijon ayeroportida xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlar yo‘lga qo‘yilishi bilan birga, bojxona nazorati jarayonida qonunbuzarliklarning oldi olinmoqda. Xususan, Istanbul–Andijon yo‘nalishi bilan uchib kelgan bir guruh yo‘lovchilar bojxona xodimlarida shubha uyg‘otgan. Belgilangan tartibda o‘tkazilgan shaxsiy ko‘rik davomida uch nafar ayol tomonidan umumiy og‘irligi 225,3 gramm bo‘lgan tayyor zargarlik buyumlarini ichki a’zolariga yashirgan holda olib kirishga uringani aniqlangan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan belgilangan tartibda prosessual hujjatlar rasmiylashtirildi. Dastlabki baholashga ko‘ra, ushlab qolingan taqinchoqlarning qiymati 200 million so‘mni tashkil etadi. Taqinchoqlar vaqtincha saqlovga olingan.

Kiritildi: 17:13 15.11.2025. O'qildi: 585 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!