Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "O‘ZBEKISTONDA QORAMOLLAR ORASIDA “NODULYAR DERMATIT” KASALLIGI TARQALMOQDA!" sarlavhasi ostidagi xabarlar yuzasidan Andijon viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Andijon viloyatida parvarish qilinayotgan chorva hayvonlar orasida nodulyar dermatit kasalligi aniqlanmagan.
Shuningdek, fermer xo‘jaliklari va aholi qaramog‘idagi barcha qoramollar viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlarida faoliyat olib borayotgan emlash guruhlari tomonidan nodulyar dermatit va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi to‘liq emlanganini, ushbu kasallikka hech qanday xavotirga o‘rin yo‘qligi va emlangan chorva hayvonlaridan qon namunalari olinib, tekshirilganida kasallik alomatlari aniqlanmaganini ma’lum qilamiz.