Ijtimoiy tarmoqda joylashtirilgan “fuqaro G.A.ning “S-b” nomli nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti buzilgani uchun belgilangan kompensasiya puli hokimlik mas’ullari va boshqa shaxslar tomonidan talon-toroj etilgani yuzasidan yo‘llagan murojaati prokuraturada o‘rganilmayotgani haqida”gi xabar yuzasidan.
Aniqlanishicha, fuqaro G.A.ning shu mazmundagi murojaati muqaddam Andijon shahar prokuraturasi tomonidan o‘rganilgan.
Andijon shahar hokimining 05.02.2018 yilgi qarori bilan ushbu muassasa binosining ¼ davlat ehtiyoji uchun buzilib, sud qarori asosida 418,4 mln. so‘m kompensasiya puli undirish belgilangan.
Keyinchalik, shahar hokimligi va muassasa rahbari kelishuvi asosida, hokimning 15.01.2021 yilgi qarori bilan kompensasiya puli o‘rniga Qo‘shariq dahasi, Nayman ko‘chasidagi 840 kv.m. va Bo‘ston dahasi, Lutfiy ko‘chasidagi 420 kv.m. yer maydonlari ajratilgan.
Biroq, ushbu yer maydonida qurilish ishlari amalga oshirilishida fuqarolar tomonidan to‘sqinlik qilinishi natijasida ishonchli vakil L.K. ning arizasi asosida FIB Andijon tumanlararo sudining 20.04.2023 yilgi hal qiluv qarori bilan yer maydoni hokimlik zaxirasiga qaytarilib, 1,2 mlrd. so‘m kompensasiya puli to‘lash belgilangan.
O‘rganish natijasiga ko‘ra, muallifga kelgusida kompensasiya pullarini undirish masalasida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilishi mumkinligi tushuntirilib, muallif bundan 23.01.2024 yilda yozma ravishda xabardor etilgan.