Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Yangibozor dehqon bozori atrofida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan B.N. fuqaro S.ga 40 000 AQSh dollarini 450 mln so‘mga sotishga kelishib, shundan 15 000 AQSh dollarini 200 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, shahar dehqon bozori atrofida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan SH.T. fuqaro Z.ga 4 300 AQSh dollarini 48,1 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.