Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Andijonda bosqinchilar fuqaroning uyiga bostirib kirdi

Andijonda bosqinchilar fuqaroning uyiga bostirib kirdi

Andijon. 2020 yilning 24 avgust kuni soat 22:30 da 2 nafar noma’lum shaxslar yuzlariga niqob taqib, Asaka tumani Otish MFY Qo‘rg‘onoldi ko‘chasida yashovchi 28 yoshli I.N., ning yashash xonadoniga devor oshish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, I.N., ni qo‘li va og‘zini skotch bilan bog‘lashib, uni yuzi va tanasining boshqa joylariga qo‘llari bilan urishib, pul berishini talab qilishgan va xonadon egasi faol qarshilik ko‘rsatganligi sababli hodisa joyidan yashiringanlar.

Mazkur holat yuzasidan tergov-tezkor guruhi tomonidan hodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayonida, qonga o‘xshash dog‘lar, bir dona chalabzar pichoq hamda oyoq izi mavjud bo‘lgan tyuner apparati, skotch bo‘laklari hodisa sodir bo‘lgan joyidan 250 metr uzoqlikda yo‘l chetida qo‘lbola usulda tikilgan bir dona oq-qora rangli niqob va qonga o‘xshash dog‘lari bo‘lgan bir juft oq rangli rezina qo‘lqop borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tergov harakatlari davomida mazkur jinoyatni 19 yoshli R.M. va T.A., lar sodir etganligi aniqlanib, fuqaro T.A., dan qo‘lbola usulda tikilgan bir dona oq rangli niqob va bir dona oq rangli rezina qo‘lqop rasmiylashtirib olingan. Shuningdek, R.M. va T.A., lar ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: 13:24 29.08.2020. O'qildi: 2669 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!