Ijtimoiy tarmoqlarda, “Baliqchi tuman tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limida 5 yoshli qizning o‘limiga sababchi bo‘lganlar qonun olidida javob berishi kerakligi” xususida xabarlar tarqaldi. Andijon viloyat prokuraturasi bu xabar yuzasidan bayonot berdi.
Mazkur holat yuzasidan Baliqchi tuman prokuraturasi tomonidan 30.12.2022 yilda Baliqchi tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 116-moddasi 3-qismi bilan “Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik” jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov harakatlari Baliqchi tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.