Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bugungi kunda eng dolzarb ahamiyat kasb etib, mazkur yo‘nalishda bojxona organlarida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasining “Andijon” TIF bojxona posti hamda Tovarlarni klassifikasiyalash mas’ul xodimlari tomonidan viloyatda faoliyat yurituvchi MCHJ nomiga olib kelingan tovarlar o‘rganilganida mazkur tovarlar aslida boshqa raqamlar bilan klassifikasiyalanishi aniqlandi.
Natijada tovarlarning yuk kuzatuv hujjatlarida yozib ko‘rsatilganidan ortiqcha bo‘lgan qismi uchun qo‘shimcha 3 milliard 88 million so‘m qo‘shimcha bojxona to‘lovlari xisoblanib, belgilangan tartibda to‘liq undirib olinishiga erishildi.
Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.