Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Andijonda 24 nafar o‘quvchi zaharlandi, sababi tort...

Andijonda 24 nafar o‘quvchi zaharlandi, sababi tort...

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi navbatdagi ovqatdan ommaviy zaharlanish hodisasi haqida xabar qildi.

8 oktyabr kuni soat 20.30 dan Andijon tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 4 nafar fuqaro ko‘ngil aynishi, qayd qilish, bosh og‘rishi, umumiy holsizlanish, ich ketishi, oshqozon sohasida og‘riq, tana haroratining ko‘tarilishi kabi shikoyatlar bilan murojaat qilgan. Shu kuni soat 24.00ga qadar faol aniqlash yo‘li bilan yana 23 nafar fuqaro «ovqat toksikoinfeksiyasi» birlamchi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Jami 27 nafar fuqarodan 24 nafari tumanning 35-maktab o‘quvchilari, 1 nafari sinf rahbari, 1 nafari maktab o‘quvchisining onasi — tug‘ilgan kun munosabati bilan tort pishirig‘i tayyorlab olib borgan, yana bir 1 nafari esa shu sinf o‘quvchisi uydagi kichik yoshdagi singlisiga tortdan berganligi natijasida zaharlanish qayd qilingan.

Holat yuzasidan o‘rganish ishlarini olib borish uchun voqea joyiga viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi, viloyat Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati inspeksiyasi mutaxassislari jalb qilindi. Barcha bemorlardan olingan ajratmalar viloyat SEOM laboratoriyasida tekshirilmoqda. Hozirda shifoxonada 12 nafar bemor davolanmoqda, 15 nafariga esa ahvoli yaxshilangani sababli uyiga ruxsat berilgan.

Bemorlarning ahvoli, yakuniy tashxis hamda o‘tkazilgan profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlar to‘g‘risida qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.

Ushbu vaziyat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan qat’iy nazoratga olingan. Tajribali shifokorlar tomonidan bemorlarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Kiritildi: 17:48 09.10.2019. O'qildi: 2524 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!