Bugun 16 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Andijon xalqaro aeroporti qayta ish boshladi

Andijon xalqaro aeroporti qayta ish boshladi

Andijon xalqaro aeroporti tez orada muntazam yo‘lovchi reyslarini qabul qila boshlaydi.

Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2025 yil 15 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 10:30 da Andijon xalqaro aeroporti “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Toshkent-Andijon yo‘nalishi bo‘yicha birinchi texnik reysini qabul qildi.

Andijon aeroporti aerodrom majmuasini to‘liq rekonstruksiya va modernizasiya qilish munosabati bilan 2023 yil 1 aprel kuni yopilgan edi.

Aerodrom qoplamasining elementlari — uzunligi 2985 metr va kengligi 44 metr bo‘lgan uchish-qo‘nish yo‘lagi, yurish yo‘lagi va perroni uzoq xizmat muddati va past yuk ko‘tarish qobiliyati tufayli rekonstruksiya qilinishi talab etilgan va ko‘plab turdagi samolyotlarni qabul qilishda, shuningdek, zamonaviy yoritish tizimining yo‘qligi sababli tungi vaqtda reyslarni qabul qilishda cheklovlar mavjud edi.

Aeroportda rekonstruksiyaning birinchi bosqichi yakunlandi, uning doirasida aerodrom majmuasining salmoqli qismi, jumladan, uzunligi 3300 metr va eni 60 metr bo‘lgan yangi 4E toifali uchish-qo‘nish yo‘lagi, bitta yurish yo‘lagi va 3 ta samolyot to‘xtash joyiga ega perron qurilishi yakunlandi.

Bu bir vaqtning o‘zida 10 tagacha samolyotga perronda xizmat ko‘rsatish va tungi vaqtda hamda noqulay ob-havo sharoitida samolyotlarni qabul qilish imkonini beradi. Bu, o‘z navbatida, Andijon shahri va Farg‘ona vodiysiga qatnovlar sonini va yo‘lovchilar oqimini ko‘paytirish imkonini beradi.

Andijon xalqaro aeroporti tez orada muntazam yo‘lovchi reyslarini qabul qila boshlaydi.

Kiritildi: 16:55 15.03.2025. O'qildi: 651 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!