20 martdan Andijon aeroporti muntazam yo‘lovchi qatnovlarini qabul qila boshlaydi. Birinchi reys Toshkent – Andijon – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiriladi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 18 mart kuni Silk Avia reyslari uchun chiptalar sotuvi boshlandi, ular ATR-72-600 samolyotlarida seshanba va payshanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
- Toshkentdan jo‘nab ketish 11:20, Andijonga yetib kelish 12:20;
- Andijondan jo‘nash soat 13:00, Toshkentga yetib kelish soat 14:00.
Ta’kidlanishicha, kelgusida Andijon aeroportiga xalqaro reyslarni qayta yo‘lga qo‘yish ham rejalashtirilgan.