Bugun 26 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Andijon viloyatida turizmni rivojlantirish bo‘yicha yangi tashabbuslar ilgari surildi

Andijon viloyatida turizmni rivojlantirish bo‘yicha yangi tashabbuslar ilgari surildi

O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi A.Aqqulov boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi hamda turizm sohasi vakillari ishtirokida Andijon viloyatiga amaliy tashrif amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administrasiyasi rahbarining topshirig‘iga asosan amalga oshirilgan tashrif davomida hududning turizm salohiyatini yanada oshirish, yangi turizm yo‘nalishlari va zamonaviy lokasiyalarni tashkil etish, shuningdek, mavjud infratuzilmani takomillashtirish bo‘yicha qator muhim tashabbuslar ilgari surildi.

Tashrif davomida Andijon viloyati hokimligi, tegishli vazirlik va idoralar hamda 80 dan ortiq tadbirkorlar, jumladan turoperatorlar, mehmonxona va restoran biznesi vakillari, transport xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar, dam olish maskanlari rahbarlari hamda madaniy muassasalar vakillari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Ochiq muloqot jarayonida Andijon viloyatida 2025-yilda amalga oshirilgan loyihalar va erishilgan natijalar taqdim etildi, shuningdek, 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar, jumladan, hududda turizm infratuzilmasini rivojlantirish, yangi turizm yo‘nalishlari va mahsulotlarini yaratish, xorijiy va mahalliy sayyohlar oqimini oshirish, shuningdek, sohadagi tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda bildirilgan taklif va tashabbuslar asosida Andijon viloyati bo‘yicha turizmni rivojlantirishga qaratilgan yangi loyihalarning manzilli rejalari shakllantirildi.

Kiritildi: Bugun 11:22. O'qildi: 326 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!