Bugun 20 sentyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Andijon viloyatida qalbaki AQSh dollarlarini sotayotgan shaxs ushlandi

Andijon viloyatida qalbaki AQSh dollarlarini sotayotgan shaxs ushlandi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo‘ston tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.T. fuqaro M.M.ga qalbaki 1 900 AQSh dollarini haqiqiy 900 AQSh dollariga sotgan vaqtida ushlanib, 100 AQSh dollarlik kupyuradagi qalbaki dollarlar ashyoviy dilil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar, qalbakiligini bilmagan holda qalbaki valyuta qimmatliklarini olib, uni keyinchalik o‘tkazgan shaxsning qilmishi ham jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.

Shu bois, o‘zaro hisob-kitoblarni O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to‘lov vositasi hisoblangan milliy valyutada amalga oshirish orqali o‘zingizni noqonuniy harakatlardan asragan bo‘lasiz.

Kiritildi: 11:05 16.07.2025. O'qildi: 804 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!