Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Shahrixon tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari B.G. “H.” MCHJ ish yurituvchisi E.K.ning ishonchiga kirib, umumiy ovqatlanish shoxobchasida kelgusida favqulodda vaziyatlar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmaslik va tekshiruvchilar kelgan taqdirda uning foydasiga hal qilib berishini aytib, 1,5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.