O‘zenergoinspeksiya Andijon viloyati hududiy boshqarmasi va gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Asaka tumanida “Bobur” MFYda joylashgan chayxonada o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 1 milliard 848 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.