Bugun 26 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Andijon viloyati hokimi Istanbul shahrida turkiyalik ishbilarmonlar ishtirokida o‘tkazilayotgan biznes-forumda qatnashmoqda

Andijon viloyati hokimi Istanbul shahrida turkiyalik ishbilarmonlar ishtirokida o‘tkazilayotgan biznes-forumda qatnashmoqda

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abduraxmonov Turkiyaning Istanbul shahrida 120 nafardan ziyod turkiyalik ishbilarmonlar ishtirokida o‘tkazilayotgan biznes-forumda qatnashmoqda.

Mazkur forum O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, hududlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni kengaytirish hamda o‘zaro manfaatli investisiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan.

Forum doirasida Andijon viloyatining sanoat, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, mebelsozlik hamda logistika sohalaridagi investisiyaviy salohiyati taqdim etildi.

Shuningdek, turkiyalik ishbilarmonlar bilan qo‘shma korxonalar tashkil etish, yangi ish o‘rinlari yaratish va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

Kiritildi: Bugun 14:40. O'qildi: 270 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!