Bugun, 20 noyabr kuni soat 21:09 da Andijon viloyati Andijon shahar 3-kichik dahasida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 21:18 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 21:40 da qurshab olingan va hozirda yong‘in o‘chirilmoqda. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida tan jarohati olish va halok bo‘lish xolatlari qayd etilmadi.
Hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.