Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Andijon shahrida 494,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan "Fitnes klub" fosh etildi

Andijon shahrida 494,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan "Fitnes klub" fosh etildi

“O‘zenergoinspeksiya” Andijon viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida fuqaro SH. M. ga qarashli Andijon shahrida joylashgan "Fitnes sport zal" binosi elektr hisoblagichdan tashqari o‘zboshimchalik bilan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 494,3 million so‘mlik zarar yetkazganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:46 18.03.2025. O'qildi: 406 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!