“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, shahar gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari, “O‘zenergoinspeksiya” va huquq-tartibot organlari hamkorligida Andijon shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olish bo‘yicha tadbir o‘tkazildi.
Unda shaharning Islomobod mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro A. A. o‘z xonadonida sauna tashkil qilib, tegishli shartnomasiz gaz so‘rgich moslama orqali tabiiy gazdan qonunga zid ravishda foydalanib kelayotgani aniqlandi.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 1 milliard 81 million so‘m zarar qayta hisob-kitob qilindi. Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.