Bugun 23 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Andijon shahar hokimi hibsga olingach “E-qaror” tizimi orqali qarorlar imzolanishi holati o‘rganilmoqda

A A A
Andijon shahar hokimi hibsga olingach “E-qaror” tizimi orqali qarorlar imzolanishi holati o‘rganilmoqda

Internet nashrlari hamda ijtimoiy tarmoqlarda 6 iyun kuni qamoqqa olingan Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarov 6 va 7 iyun kunlari “E-qaror” elektron platformasida uning imzosi orqali tasdiqlangan 24 ta hujjat joylanligi yuzasidan xabarlar tarqaldi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Andijon viloyati adliya boshqarmasi tomonidan 6 va 7 iyun kunlari qabul qilingan qaror va farmoyishlarning qonuniyligi joyiga chiqib o‘rganilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 6 iyun kuni Andijon shahar hokimi B.Xaydarov jinoyat ishi yuzasidan ushlangan bo‘lib, unga sud ajrimiga ko‘ra qamoqda saqlash ehtiyot chorasini qo‘llanilgan.

O‘rganish davomida 2022 yil 6 iyun kuni soat 9:43 va 21:18 oralig‘ida hamda 7 iyun kuni 18:10 va 21:07 oralig‘ida hokimlik devonxonasi mudiri S. Qodirjonov tomonidan B.Haydarovga tegishli elektron raqamli imzodan foydalanilgan holda “E-qaror” platformasida 26 ta qaror va farmoyishlar imzolangan.

“UZINFOCOM” MCHJ mutaxassislari tomonidan Andijon shahar hokimi B.Xaydarovning “E-qaror” elektron tizimidagi shaxsiy kabineti Adliya vazirligining ko‘rsatmasiga asosan bloklandi.

Ushbu jarayonda hujjatlarni sohtalashtirish ehtimoli borligini inobatga olib, tegishli materiallar prokuratura organlariga yuboriladi. Har bir qabul qilingan qarorning qonuniyligi o‘rganib bo‘lmaguncha, ularni ijroga qaratish maqsadga muvofiq emasligi yuzasidan tegishli ijrochi organlarga xabarlar berildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

Kiritildi: 13:42 09.06.2022. O'qildi: 2485 marta. Fikrlar soni: 6 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!