Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

«Andijon» klubi futbolchisi «Bunyodkor» stadionida Milliy gvardiya xodimi bilan mushtlashdi

«Andijon» klubi futbolchisi «Bunyodkor» stadionida Milliy gvardiya xodimi bilan mushtlashdi

Milliy gvardiyaning Toshkent shahar boshqarmasi xabariga ko‘ra, 2024 yilning 11 avgust kuni «Bunyodkor» stadionida «Bunyodkor» va «Andijon» jamoalari o‘rtasida futbol uchrashuvini stadionning VIP lojasida tomosha qilgan Andijon futbol klubi a’zosi Marlen Chobanov uchrashuv yakunlanganidan so‘ng, VIP bo‘limi orqali ichkariga kirishga uringan. Maxsus ruxsatnomaga (beydjik) ega bo‘lmagan futbolchidan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi uning qayerga ketayotganini, chiqish uchun boshqa yo‘lakdan foydalanishi zarurligini aytgan.

Boshqarmaning ta’kidlashicha, Chobanov harbiy xizmatchining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, xizmat faoliyatiga qarshilik ko‘rsatib, uning yuz qismiga qo‘li bilan bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 14:57 14.08.2024. O'qildi: 1382 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!