Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasiga tayinlanish arafasida edi, ammo muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi.
Mutaxassis iyun oyida "Real"ni tark eta olmasligini ma’lum qildi, biroq Braziliyada yozning ikkinchi yarmigacha kutishni istashmadi. UOL Esporte ma’lumotiga ko‘ra, Anchelotti muzokaralar jarayoni tafsilotlari matbuotga doimiy ravishda sizib chiqayotgani uchun Braziliya futbol konfederasiyasidan qattiq g‘azabda. Tomonlar muzokaralarga qaytish-qaytmasligi noma’lumligicha qolmoqda.
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yakunlangach, Karlo Anchelotti "Real" boshqaruvidan ketishi kutilmoqda. "Qaymoqranglilar"ning yangi murabbiyi Xabi Alonso bo‘ladi.