Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Anchelotti "Real"ning murabbiy bo‘lishi mumkin bo‘lgan uch nafar sobiq futbolchisini aytdi

Anchelotti "Real"ning murabbiy bo‘lishi mumkin bo‘lgan uch nafar sobiq futbolchisini aytdi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti «Real»ning bir nechta sobiq futbolchilarini sanab o‘tdi va ularda murabbiylik faoliyatini boshlash uchun yaxshi imkoniyat borligini ta’kidladi.

«Kroos, Kazemiro va Modrich murabbiy bo‘lish uchun zarur bo‘lgan barcha bilimlarga ega. Men o‘z qarorlarimni ular bilan muhokama qilib turardim», — deya Anchelottining so‘zlarini keltirmoqda Cadena SER.

Toni Kroos allaqachon faoliyatini yakunlagan. Germaniyalik futbolchi 2024 yilgi Yevropa chempionatidan so‘ng «butsilarini mixga ildi». Kazemiro va Luka Modrich esa hali ham o‘z faoliyatlarini davom ettirishmoqda — ular mos ravishda «Manchester Yunayted» va «Milan» klublari sharafini himoya qilishmoqda.

Karlo Anchelotti o‘tgan yili «Real»ni tark etgan edi. Shundan so‘ng italiyalik mutaxassis Braziliya terma jamoasini boshqara boshladi.

Kiritildi: Bugun 11:22. O'qildi: 337 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!