Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Anchelotti YECHL joriy mavsumining asosiy favorit 4 ta jamoasini sanadi

Anchelotti YECHL joriy mavsumining asosiy favorit 4 ta jamoasini sanadi

Madridning «Real» klubi sobiq bosh murabbiyi Karlo Anchelotti joriy mavsumdagi UYEFA Chempionlar ligasining asosiy favorit jamoalari haqida fikr bildirdi.

«Chempionlar ligasida har doim titul uchun doimiy da’vogar jamoalar bo‘ladi. Ular — “Real”, “Bavariya”, “Manchester Siti” va “PSJ”. Turnirni yanada qiziqarli qilish uchun umumiy bosqich joriy etildi. Bu formatga moslashish kerak», — deya italiyalik murabbiyning so‘zlarini Tuttosport nashri keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi Chempionlar ligasi g‘olibi — Fransiyaning «PSJ» jamoasi. Parijliklar o‘tgan mavsum finalida Milanning «Inter» klubini 5:0 hisobida mag‘lub etgan edi.

Kiritildi: 13:39 02.11.2025. O'qildi: 856 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!