Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Ana xolos! XOQ 1900-yilgi o‘yinlar medalini boshqa mamlakatga olib berdi

Ana xolos! XOQ 1900-yilgi o‘yinlar medalini boshqa mamlakatga olib berdi

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi 1900-yili Parijda o‘tkazilgan Olimpiadaning natijasini qayta ko‘rib chiqdi.

XOQ ijroqo‘mi qaroriga ko‘ra, Fransiya erkaklar o‘rtasida 25 kilometrga velopoygada kumush medalga ega bo‘ladi.

O‘shanda kumushni Britaniya vakili Lloyd Xildebrand qo‘lga kiritgandi. Ammo yaqinda olib borilgan o‘rganishlar natijasida, sportchi Fransiyada tug‘ilib, o‘sha yerda voyaga yetgan va 1900-yilgi Olimpiadagacha va o‘yinlardan so‘ng ham fransuz klubi sharafini himoya qilgan emish.

Shu asosda, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi medalni endi Britaniya uchun emas, Fransiya uchun hisoblanishini ma’lum qildi.

Kiritildi: 22:52 14.06.2024. O'qildi: 1356 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!