Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Ana xolos! Truth Social ijtimoiy tarmoq chat-boti Obamani AQShning eng yaxshi prezidenti deb atadi

A A A
Ana xolos! Truth Social ijtimoiy tarmoq chat-boti Obamani AQShning eng yaxshi prezidenti deb atadi

AQSh prezidenti Donald Trampga tegishli Truth Social ijtimoiy tarmog‘i chat-boti Barak Obamani mamlakatning eng yaxshi prezidenti deb atadi. Bu haqda Washington Post gazetasi yozmoqda.

"Eng yaxshi prezident kim ekanligi haqidagi so‘rovga Truth Search AI "jamoatchilik fikri so‘rovlari Barak Obama eng yaxshi hurmatga sazovorligini ko‘rsatmoqda", - deb javob berdi deyiladi xabarda.

Shuningdek, chat-bot "konservativ sharhlovchilar" ko‘pincha Trampni eng yaxshi deb atashlari, biroq "turli guruh va so‘rovlar boshqa xususiyatlarga e’tibor qaratishi"ni qayd etgan.

Gazetaning yozishicha, chat-bot har doim ham Trampning nuqtai nazariga qarshi bormaydi. Masalan, u ham Tramp singari sun’iy ongning rivojlanishi texnologiyalar tarixidagi eng muhim qadamlardan biri bo‘ldi deb hisoblaydi.

Kiritildi: 02:30 11.08.2025. O'qildi: 1743 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!