Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Ana xolos! Rassom iqrori : qirg‘izistonlik qizlar ularni yalang‘och chizishimni so‘rashadi

Ana xolos! Rassom iqrori : qirg‘izistonlik qizlar ularni yalang‘och chizishimni so‘rashadi

Rassom qiz chizgan suratlarni uning vatanida juda ko‘plar tanqid qiladi, ammo shu bilan birga, undan suratini chizib berishni so‘rab, murojaat etuvchilar ham bisyor.

Bu rassom qizning ismi Ma’rifat Davlatova, u 26 yoshda. Ma’rifat Tojikistonda yashaydi. Jamoatchilik u haqda 2018-yilda, ya’ni Ma’rifat ilk marotaba Dushanbeda o‘z ko‘rgazmasini o‘tkazganida xabar topgan edi. O‘shanda u chizgan suratlar "ular mamlakat madaniy normalariga zid", degan ma’noda ko‘pchilik tomonidan qattiq tanqid qilingan edi. Shunday bo‘lsa-da, Ma’rifatni qo‘llab-quvvatlaganlar ham topildi.

"Ko‘rgazmadan keyin menga ko‘plar murojaat qilgan edi, nafaqat Tojikiston, balki Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekistondan ham. Ular menga: "Biz sening oldingga, Tojikistonga ham bora olamiz. Sen bizlarni qog‘ozda ko‘rsatishingni istaymiz", deb aytgandi. Mening maqsadim esa barchamizga singdirilgan ayol go‘zalligi haqidagi stereotiplar - safsata ekanligini ko‘rsatish edi, xolos", - deydi rassom.

U shuningdek, ijodi protest emasligini, balki u shu tarzda ayollarga yordam berishni xohlashini ta’kidladi. Ma’rifatga murojaat etgan ayollarning so‘zlariga ko‘ra, aynan rassom qiz tufayli ular o‘zlarini haqiqatda go‘zal his eta boshlaganlar.

 

Kiritildi: 21:03 17.08.2019. O'qildi: 9002 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!