Xabaringiz bor, kecha Argentina terma jamoasi jahon chempionati guruh bosqichi doirasida Xorvatiya terma jamoasiga sharmandali tarzda mag‘lub bo‘ldi. Oqibatda ular guruhda 1 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turishibdi va katta ehtimol bilan guruhda qolib ketishlari mumkin.
Argentina terma jamoasining aksar futbolchilari bunda Xorxe Sampaolini aybdor deb topishdi va jahon chempionatidan keyin termadan ketishmoqda. Bular Markos Roxo, Xavyer Maskerano, Ever Banega, Lukas Bilya, Anxel Di Mariya, Serxio Aguero, Gonsalo Iguain va Lionel Messilardir. Agar Sampaolining o‘rniga boshqa murabbiy tayinlansa, bu futbolchilar jamoada qolishi mumkin.