Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Ana xolos! "Hokimning "Andijon" klubi haqidagi tanqidlari bilan kerakli idoralar qiziqishi kerak..."

Ana xolos! "Hokimning "Andijon" klubi haqidagi tanqidlari bilan kerakli idoralar qiziqishi kerak..."

Biroz avval Andijon viloyati hokimining mahalliy futbol klubi haqidagi tanqidiy fikrlari aks etgan videoni taqdim etgan edik.

Videoda hokim futbolchilarga 10 milliondan oylik berayotgani, ammo klub mamlakatda eng past natija qayd etayotganini ta’kidlagan. 

"14- o‘rinda... Menga alam qilmaydimi? 17 milliardga stadion qurib bersam, oyma-oy oyligini qilib bersam... Eng kami 10 million so‘m oylik oladi... Eng yomoni, bu 100 foiz homiylik asosida to‘lanadigan mablag‘. Homiylar ham natija bo‘lsa homiylik qiladimi?"

Hokimning yuqoridagi fikrlariga sport mutaxassisi Alisher Nikimbayev o‘zining telegram kanalida munosabat bildirdi:

«Qachonki, hokim stadionni 17 milliardga ta’mirlattirganini, klubga pul berayotganini aytsa, bu, uning viloyat byudjetini xuddi o‘zinikidek taqsimlayotganini anglatadi. 
Qachonki hokim, muovini orqali klubga yuz million naqd berib yuborganini, keyin yana 280 million naqd pul tarqatganini aytsa, kerakli idoralar qiziqishi kerak - bu naqd pullar qayerdan keldi va ularning solig‘i to‘langanmi?
Qachonki, hokim, so‘nggi o‘rinda borayotgan klubga pul berishga majbur emasligini aytsa, u haq. Shaxsan unda bunday majburiyat yo‘q. O‘sha klub ta’sischilari va xomiylarida bor bunday majburiyat, u ham joriy shartnomalar va kelishuvlar asosida. 
Agar ta’sischilar klubga qilingan harajatlar o‘zini oqlamayapti, deb hisoblashsa, ular klubni yopadilar yoki undan qutuladilar. Masalan, Roman Abramovich yoki Shayx Mansur o‘z klublariga xaddan tashqari ko‘p pul ketayotganidan shikoyat qilishlarini tasavvur qila olmayman. Alisher Usmonovga Arsenal boshqaruvidagi ba’zi qarorlar yoqmadi, natijada o‘ziga tegishli 30 foizlik aksiyani sotib yubordi. E’tibor bering, tilga olingan bu insonlar, rostan ham, «men klubga pul beryapman» deyishga haqqi bo‘lgan odamlardir».

Xulosa o‘zingizdan...

Kiritildi: 12:09 21.08.2019. O'qildi: 4190 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!