Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Ana xolos! Erkak xotinining jazmanidan bir dunyo pul undirib olmoqchi

Ana xolos! Erkak xotinining jazmanidan bir dunyo pul undirib olmoqchi

AQShlik Kevin Xovard xotini unga xiyonat qilganligini bilib qoladi va Shimoliy Karolina sudiga murojaat qiladi.

Mazkur ish bo‘yicha sud qaror chiqardi: Xavard rafiqasining jazmani 750 ming dollar to‘lashi kerak. Bu haqda RIA Novosti mahalliy WITN nashriga asosan xabar qildi.

Xovard "nikoh munosabatlariga maqsadli aralashish" holatlari nazarda tutuvchi qonundan foylanib, odamni sudga berdi.

Bu qonun ko‘plab shtatlarda bekor qilingan. Biroq Missisipi, Nyu-Meksiko, Janubiy Dakota, Yuta va Shimoliy Karolina, shuningdek Gavay orollarida bu qonun amalda qo‘llanishi davom etmoqda.

Er-xotin 12 yil turmush qurgan. Biroq bir kun ayol eridan ajrashishni so‘raydi. Juflik oilaviy psixologga borishdi, biroq bu yordam bermadi. Erkak detektivni yollashga qaror qiladi. Detektiv ayol hamkasbi bilan xiyonat qilganini aniqlaydi.

Xovard sudga murojaat qildi va yutib chiqdi. Endi xotining jazmani 750 ming dollar to‘lashi kerak.

Erning so‘zlariga ko‘ra, gap pulda bo‘lmagan. “Men nikohning muqaddasligiga ishonaman”, - deydi u.

Er xotini bilan ajrashdi va hozir yuz bergan holatdan so‘ng tiklanmoqda.

 

Kiritildi: 15:39 04.10.2019. O'qildi: 4361 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!