Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Ana xolos! "Bobur" masjidi buzilib, o‘rniga ibodatxona quriladigan bo‘ldi

Ana xolos! "Bobur" masjidi buzilib, o‘rniga ibodatxona quriladigan bo‘ldi

Hindiston oliy sudi “Bobur” masjidi ishi bo‘yicha hindlarning foydasiga qaror chiqardi, deya xabar bermoqda “Evronyus”.

Andxoya (avvalgi nomi – Fayzobod) shahridagi qadimiy masjidni 1992 yilda mutaassib hindlar buzib tashlagan. Ularning da’vosiga ko‘ra, avval bu yerda qirol Ramaga bag‘ishlab qurilgan ibodatxona bo‘lgan. Oliy sudning qaroriga ko‘ra, bu yerda hindlarning ibodatxonasi quriladi, musulmonlarga ega boshqa joydan 2 gektar yer ajratiladi. Vaholanki, musulmonlar buzib tashlangan masjidning o‘rniga yangisini qurishmoqchi edi.

“Bobur” masjidining o‘rnida hind ibodatxonasi bo‘lgani haqidagi iddao ancha vaqtdan beri aytib kelinadi. Bu masala ilk bor 1853 yilda sudda ko‘rilgan va o‘shanda sudya da’vogarlarning da’vosini rad etgan.

Masjidning buzib tashlanishi 2 ming kishining o‘limiga sabab bo‘lgan tartibsizliklarni keltirib chiqargan edi.

“Bobur” masjidi 1528-1529 yillarda qurilgan edi.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 16:48 09.11.2019. O'qildi: 5854 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!