Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Ana xolos! AQSh elchixonasida 10 yil ishlagan ayol Rossiyaning ayg‘oqchisi ekan

A A A
Ana xolos! AQSh elchixonasida 10 yil ishlagan ayol Rossiyaning ayg‘oqchisi ekan

AQShning Moskvadagi elchixonasida 10 yil davomida ishlagan Rossiya fuqarosi rus xavfsizlik xizmatlarining ayg‘oqchisi bo‘lib chiqdi. Bu haqda Guardian’ga tayanib, «Vedomosti» xabar bermoqda.

"Daryo" nashrining yozishicha, Guardian ayg‘oqchining kimligini aniqlagan, biroq xabarda ism keltirilmagan, faqatgina uning ayol ekani aytilgan. Ma’lum qilinishicha, ayg‘oqchi ayol AQSh maxfiy xizmatlari tomonidan ishga olingan.

Ayg‘oqchilikda gumon qilinayotgan ayol eng muhim ma’lumotlar bazasi — AQSh maxfiy xizmatlarining rasmiy pochtasidan foydalanish vakolatiga ega bo‘lgan. U avvalgi va hozirgi prezident, vise-prezident hamda ularning rafiqalari kun tartibi borasidagi ma’lumotlardan doimiy xabardor bo‘lib kelgan.

2016 yili AQSh davlat departamenti mintaqaviy xavfsizlik bo‘yicha boshqarmasining 2 nafar tergovchisi tekshiruv vaqtida rus ayolni Rossiyaning Federal xavfsizlik xizmati bilan aloqadorlikda gumon qilgan. Tekshiruv natijalari 2017 yilning yanvarida e’lon qilingan. Biroq AQSh maxfiy xizmatlari tergov olib bormaslikka qaror qilgan. Gumondor ayol 2017 yilning yozida Rossiya tomonidan diplomatik missiya a’zolari sonini 1200 dan 755 taga kamaytirish talabi bildirilganda xodimlarni qisqartirish doirasida lavozimidan ozod etilgan.

Kiritildi: 14:19 03.08.2018. O'qildi: 2400 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!