Bugun 20 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

Ana xolos! Aleksey Navalniy Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatildi

Ana xolos! Aleksey Navalniy Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatildi

Rossiyalik olim, Nyu-Jersidagi Ratgers universiteti professori Sergey Erofeev siyosatchi Aleksey Navalniy Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatilganini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, ushbu mukofot uchun Navalniy nomzodini «Rossiya bilan shug‘ullanuvchi taniqli universitetlarning bir qator professorlar ilgari surgan. Erofeev ularning aniq kimligini aytmagan, lekin «Dojd» nashriga bergan izohda uning nomzodini ko‘rsatganlar orasida «katta odamlar» borligini qayd etgan.

Dunyoning istalgan universiteti professori Nobel mukofotiga nomzodni ko‘rsatishi mumkin, bunda nomzodga qandaydir muayyan talablar yo‘q. Bundan tashqari, ushbu mukofotga milliy hukumat va parlament a’zolari, davlat rahbarlari va boshqa ayrim toifadagi shaxslar o‘z nomzodlarini ko‘rsatishlari mumkin.

Shu vaqtda qadar birorta ham Rossiya fuqarosi Nobel mukofotiga sazovor bo‘lmagan. SSSR davrida mukofot Andrey Saxarov (1975 yil) va Mixail Gorbachyovga (1990 yil) berilgan.

Germaniya hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, Aleksey Navalniy Rossiyada «Novichok» turiga kiruvchi modda bilan zaharlangan. U ikki haftadan ortiq vaqt davomida komada yotdi, ayni paytda Berlindagi «Sharite» klinikasida davolanishni davom ettirmoqda.

Rossiya hukumati siyosatchidan dastlab kasalxonaga yotqizilgan Omskda olingan testlarda zahar borligini ko‘rsatmaganini qat’iy ta’kidlamoqda.

Kiritildi: 19:05 17.09.2020. O'qildi: 2337 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!