Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Ana xolos! 2 yoshli qiz tasodifan onasini o‘ldirib qo‘ydi

A A A
Ana xolos! 2 yoshli qiz tasodifan onasini o‘ldirib qo‘ydi

Belarusda ikki yoshli qiz uni avtomobil salonidan oyna orqali olmoqchi bo‘lgan onasini bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘ydi, deb xabar beradi «Korrespondent».

Yosh oila 31 avgust kuni farzandi bilan qishloqqa mehmonga kelgan. 21 yoshli marhuma ayolning o‘sha kuni tug‘ilgan kuni nishonlangan. U avtomobil oynasi orqali salondan qizini olmoqchi bo‘lgan. Shunda qizcha oynani ko‘taruvchi tugmani bosib yuborgan. Oyna ko‘tarilib ayolni bo‘g‘ib qo‘ygan.

Oradan biroz vaqt o‘tgach, ayolning eri uni hushsiz holda topgan. Erkak avtomobil oynasini sindirib, tez yordam chaqirgan. Ayol og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan va asfiksiya tashxisi qo‘yilgan. Bir haftadan so‘ng u vafot etgan.

Belarus polisiyasi hodisa tafsilotlarini o‘rganmoqda.

Kiritildi: 06:38 15.09.2019. O'qildi: 7517 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!