Bugun 4 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

"An-Nasr" Ronalduning jarohat olganini e’lon qildi

"An-Nasr" Ronalduning jarohat olganini e’lon qildi

"An-Nasr" klubi hujumchi Krishtianu Ronaldu jarohat olganini ma’lum qildi.

Portugaliya terma jamoasining 41 yoshli forvardi Saudiya Arabistoni chempionati 24-turi doirasidagi "Al-Feyha"ga qarshi kechgan (3:1) uchrashuvning 81-daqiqasida noqulaylik sezgani sababli almashtirilgan edi.

Bugun Saudiya klubi Krishtianuning son orqa qismidagi mushaklari jarohatlanganini e’lon qildi. Futbolchi tiklanish jarayonini boshladi, uning holati tibbiy xodimlar tomonidan har kuni qayta baholab boriladi.

Ronaldu joriy mavsumda liga doirasidagi 22 ta o‘yinda ishtirok etib, 21 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Kiritildi: 23:54 03.03.2026. O'qildi: 242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!