Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

"An-Nasr" futbolchilariga to‘liq maosh bergani yo‘q

"An-Nasr" futbolchilariga to‘liq maosh bergani yo‘q

Krishtianu Ronaldu to‘p suradigan "An-Nasr" klubi moliyaviy qiyinchiliklarga duch keldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jamoaning bir qator futbolchilari iyun oyi uchun maoshlarini to‘liq olishmagan. Klub rahbariyati ushbu vaziyatni qisqa fursat ichida hal qilish va futbolchilar bilan to‘liq hisob-kitob qilish ustida ishlamoqda.

Moliyaviy muammolar sababli jamoa transfer bozorida ham o‘z rejalarini vaqtincha to‘xtatdi. Xususan, Marselo Brozovichning ketishidan so‘ng bo‘shab qolgan o‘ringa yangi legioner futbolchini olib kelish jarayoni ortga surildi. Klub rahbariyati moliyaviy vaziyat to‘liq oydinlashmaguncha, nomzodlar bilan rasmiy muzokaralarga kirishmoqchi emas.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra "An-Nasr" Saudiya Arabistoni chempioni bo‘ldi. Yaqinda esa jamoaga Anje Postekoglu yangi bosh murabbiy etib tayinlandi.

Kiritildi: 23:22 13.07.2026. O'qildi: 888 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!