Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

«An-Nasr» Eronda Ronaldu sabab o‘z mashg‘ulotlarini bekor qildi

«An-Nasr» Eronda Ronaldu sabab o‘z mashg‘ulotlarini bekor qildi

Seshanba oqshomida «An-Nasr» Osiyo chempionlar ligasi doirasida «Persepolis»ga qarshi bahs olib boradi.

Saudiya Arabistoni jamoasi Eronga yetib borgan. Krishtianu Ronalduning kelishi aql bovar qilmas hayajonga sabab bo‘ldi.

Aeroportdan «An-Nasr» avtobusi ortidan olomon yugurishni boshladi, buni futbolda kamdan-kam uchratish mumkin.

Hozir Saudiya Arabistoni vise-chempioni joylashgan mehmonxona yaqinida katta tirbandlik qayd etilmoqda.

TasnimSport xabariga ko‘ra, Krishtianu Ronalduni ko‘rishni istagan odamlarning nazoratsiz to‘lqini tufayli «An-Nasr» hattoki jamoa mashg‘ulotlarini ham bekor qilishga majbur bo‘lgan.

Kiritildi: 11:05 19.09.2023. O'qildi: 9357 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!