Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Amur viloyatidagi zavod qurilishida ishlash uchun 346 nafar fuqaro jo‘nab ketdi

Amur viloyatidagi zavod qurilishida ishlash uchun 346 nafar fuqaro jo‘nab ketdi

Bugungi kunda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, ayniqsa, xorijiy mamlakatlardagi vaqtincha ishsiz qolgan yurtdoshlarimizni va karantin cheklovlari sababli chet elga ishga ketolmagan fuqarolarni xorijga ishga jalb qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, joriy yilning avgust oyida Rossiya Federasiyasining Neft va gaz ilmiy-tadqiqot va loyihalashtirish instituti raisi o‘rinbosari D.Mishchenko boshchiligida qator ish beruvchi kompaniyalar vakillaridan iborat delegasiyaning mamlakatimizga tashrifi doirasida fuqarolarimizni yirik qurilish ob’ektlariga ishga jalb qilish, ular uchun qulay sharoitlar yaratish va boshqa masalalar bo‘yicha kelishib olingan edi.

Ushbu kelishuvga muvofiq, bugun 346 nafar yurtdoshimiz Rossiyaning Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodi qurilishida ishlash uchun charter reys orqali jo‘nab ketdi.

Ularning transport, ovqatlanish, patent va yashash xarajatlari, agarda ishchida kasallik aniqlansa, uning davolanishi ish beruvchi kompaniyalar tomonidan ta’minlanishi, shuningdek, oylik ish haqi o‘rtacha 40-60 ming rublni tashkil etishi belgilangan.

Yurtdoshlarimiz 14 kunlik karantindan so‘ng belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda qurilish ob’ektlarida ish boshlaydi.

Ta’kidlash joizki, yil yakuniga qadar 5 mingga yaqin fuqarolarimizning mazkur zavod qurilishga ishga jalb qilinishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 10:42 20.09.2020. O'qildi: 2722 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!