Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Amsterdam endilikda sukunat saqlamaydi

Amsterdam endilikda sukunat saqlamaydi

Niderlandiya ilk marta Isroilni mamlakat xavfsizligiga tahdid soluvchi davlatlar ro‘yxatiga kiritdi.

Yaqinda e’lon qilingan “Davlat sub’ektlaridan kelib chiqadigan tahdidlarga baho” nomli hisobotda Niderlandiyaning Milliy xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha koordinatori (NCTV) Isroilni jamoatchilik fikriga ta’sir o‘tkazish va siyosiy qarorlarga ta’sir qilish uchun dezinformasiya kampaniyalaridan foydalanayotganlikda aybladi.

Hisobotda o‘tgan yili Isroil vazirliklaridan biri Gollandiya jurnalistlari va siyosatchilari o‘rtasida mamlakat fuqarolarining g‘alati va noxush shaxsiy ma’lumotlari yozilgan hujjatni norasmiy tarzda tarqatgan holat tilga olinadi. Bu voqea Amsterdamdagi “Makkabi Tel-Aviv” futbol jamoasi muxlislarining mitingi ortidan yuzaga kelgan keskin vaziyat fonida ro‘y bergan.

Bundan tashqari, NCTV Isroil va AQSh tomonidan Gaagada joylashgan Xalqaro jinoyat sudiga (MUS) nisbatan tobora kuchayib borayotgan tahdidlardan xavotir bildirdi. Hisobotda aytilishicha, bu kabi harakatlar sud faoliyatiga putur yetkazishi mumkin.

Kiritildi: 13:50 25.07.2025. O'qildi: 711 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!