Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Amir Temur haykali oldida mast holda tomosha ko‘rsatganlarga jazo tayinlandi (VIDEO)

Amir Temur haykali oldida mast holda tomosha ko‘rsatganlarga jazo tayinlandi (VIDEO)

Amir Temur xiyobonida mast holatda noo‘rin xatti-harakatlar sodir etgan ikki fuqaroning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoyozuvi yuzasidan ma’lumot berildi.

Huquqbuzarlar: A. I. (1989 yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan) va S. M. (1991 yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan) 2022 yil 17 may kuni soat 23:20 lar atrofida Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur xiyobonida noo‘rin xatti-harakatlar sodir etgan. Alkogolli ichimlik ta’siridan mast holda bo‘lgan bu ikki fuqaro jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, IIO xodimlari e’tiborini tortgan. Natijada IIO xodimlari tomonidan shaxslariga aniqlik kiritish maqsadida ular IIB binosiga taklif etilgan. Biroq, jamoat tartibini buzayotgan bu ikki fuqaro IIO xodimlarini uyatli so‘zlar bilan haqoratlab, ularning qonuniy talablarini bajarishdan bosh tortgan.

Huquqbuzarlarga oid ma’muriy ish hujjatlari jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining ish yurituviga 2022 yil 19 may kuni kelib tushgan. Shu kuni mazmunan ko‘rilib, ularning har ikkisiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) va 194-moddasi 1-qismi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan ushbu Kodeksning 34-moddasi tartibida 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 16:54 20.05.2022. O'qildi: 3602 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!