Amerika Qo‘shma Shtatlari geologiya xizmati mutaxassislari okeanning San-Fransisko hududidagi sohillarida tektonik o‘ra borligini ma’lum qilishdi. Ya’ni yer ikki qismga ajralgan joy uzoq masofaga cho‘zilib ketgan. Xuddi shu yer bo‘shliqdan iborat. Yer ostidagi tektonik plitalar harakatga kelib, bir-biriga urilishi oqibatida xuddi o‘sha bo‘shliq kuchli zarba ostida qoladi. Superzilzila ana shu zarba natijasida paydo bo‘ladi.
— Biz bu o‘rani sekin portlaydigan tektonik bomba deb ataymiz, — dedi olimlardan biri. — Chunki u asta-sekinlik bilan kuchaya boradi va bir kun kelib portlaydi. Bu superzilzilani keltirib chiqaradi. Zilzila tufayli yuzlab odamlar qurbon bo‘ladi. Yer silkinishlari 150 mingdan ziyod uyni vayronaga aylantiradi. Yarim millionga yaqin odam boshpanasiz qolib ketadi. Bundan tashqari, kuchli yong‘in yuzaga keladi. Gaz o‘tkazish tizimi izdan chiqadi. Agar San-Fransiskoda yashaydiganlar yetti million kishini tashkil etsa, ularning ikki million nafari ayni o‘sha tektonik o‘raning yonida yashaydi. Birinchi bo‘lib xuddi o‘sha odamlarga ziyon yetadi.
Eslatib o‘tamiz, bu yerda har 150 yilda superzila sodir bo‘ladi. Oxirgi bor 1868 yili 7 balli yer silkinishi sodir bo‘lgandi.
“Los-Angeles Times”