Amerikaning Elliott Investment Management xejing fondi "Turk oqimi" quvurining Bolgariya qismidan ulush sotib olish va boshqa infratuzilma loyihalari bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Bu haqda The Wall Street Journal nashri manbalarga asoslanib xabar bermoqda.
Aprel oyida Elliott vakillari Bolgariya amaldorlari bilan uchrashdi, shundan so‘ng kompaniya Bolgariyaning davlat gaz tashish operatori Bulgartransgaz bilan maxfiylik bitimini imzoladi. Hozircha muzokaralar boshlang‘ich bosqichda bo‘lib, bitim amalga oshishiga hech qanday kafolat mavjud emas.
"Turk oqimi" Rossiya gazini Yevropa hududiga yetkazib berayotgan so‘nggi faoliyatdagi gaz quvuri hisoblanadi. U Qora dengiz orqali Turkiyaga o‘tadi, so‘ngra Vengriya, Slovakiya va boshqa mamlakatlarni gaz bilan ta’minlovchi quvurlarga ulanadi.