Gallup so‘roviga ko‘ra, AQSh aholisining 60 foizi Isroilning G‘azodagi harbiy harakatlarini qoralamoqda — bu 2023 yil noyabridan beri qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Bir yil ichida Isroil kampaniyasini qo‘llab-quvvatlash darajasi 10 foizga kamayib, 32 foizga tushgan. 8 foiz ishtirokchi bu borada aniq fikr bildirmagan.
❗ Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahuning reytingi ham pasaygan — ilk bor amerikaliklarning ko‘pchiligi (52%) uni salbiy baholagan. Uning qo‘llab-quvvatlash darajasi 35 foizdan 29 foizga tushgan.
📊 Ayniqsa, yoshlar orasida Isroilga nisbatan tanqid kuchaygan: 18–34 yoshlilar orasida 91 foiz respondent uning harakatlarini ma’qullamagan. 54 yoshgacha bo‘lganlar orasida bu ko‘rsatkich 71 foizni, kattalar orasida esa 51 foizni tashkil qilgan.
Gallup tahlillariga ko‘ra, AQSh jamiyatida, ayniqsa yoshlar o‘rtasida, Isroilga nisbatan tanqidiy munosabat kuchayib borayotgani Tel-Avivning tashqi siyosiy kelajagini jiddiy murakkablashtirishi mumkin.