Qo‘shma Shtatlar Eron bilan bo‘lgan nizoda o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarining birortasiga ham erishmadi. Bunday fikrni AQSh armiyasining iste’fodagi podpolkovnigi Deniyel Devis bildirdi.
«Biz, albatta, ko‘plab eronliklarni o‘ldirdik va juda ko‘p narsalarni portlatib yubordik, ammo ushbu urushda o‘z maqsadlarimizning birortasiga ham erisha olmadik», — deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida.
Devisning aniqlik kiritishicha, gap Eron rejimini yo‘q qilish, yadro yonilg‘isini qayta ishlash imkoniyatlarini hamda uzoq masofali raketalar zahiralarini yo‘q qilish haqida bormoqda.