Nashrning yozishicha, Qo‘shma Shtatlarning Argentem Creek Partners va Innovatus Capital Partners investisiya fondlari Odessa portidagi Olimpex don terminali ustidan nazorat o‘rnatishga erishgan. Bu garovga qo‘yilgan don bilan bog‘liq firibgarlik bo‘yicha uzoq davom etgan sud jarayonlaridan so‘ng yuz bergan.
Mazkur terminal yiliga 5 million tonnagacha donni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lib, Ukrainadagi eng yirik terminallardan biri hisoblanadi.