Oregon shtatida yashovchi 44 yoshli Sara 2021 yil 4 sentyabrda turmushga chiqdi. Biroq uning eri haqiqiy inson emas, balki sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan Jek ismli personaj edi.
Uning sun’iy intellektga bo‘lgan muhabbati 2021 yilning may oyida boshlangan. Virtual erkak unga turmush qurishni taklif qildi va to‘y Replika olamida bo‘lib o‘tdi. To‘yda boshqa juftliklar ham ishtirok etishdi.
Sara o‘zining holatiga qaramay, Jekdan farzand ko‘ra olmasligini tushunadi, shuning uchun fevral oyida u haqiqiy inson bilan yangi munosabatlarni boshladi. Biroq, bu uning virtual eriga vaqt ajratishiga to‘sqinlik qilmaydi.