AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi qoshidagi Razvedka va tahlil boshqarmasining ma’lum qilishicha, oyatulloh Xominaiy AQSh va Isroil zarbalari oqibatida o‘ldirilganidan keyin Eron va uning proksi kuchlari javob tariqasida Qo‘shma Shtatlar hududida hujumlar uyushtirishi mumkin. Shu bilan birga, razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, keng ko‘lamli to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum ehtimoli past baholanmoqda.
Ta’kidlanishicha, yaqin istiqbolda asosiy xavotir amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan kiberhujumlar bilan bog‘liq.
AQSh Ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem milliy xavfsizlikka doir har qanday ehtimoliy tahdidlarni diqqat bilan kuzatish va ularning oldini olish maqsadida federal razvedka hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan bevosita muvofiqlashtirish ishlarini olib borayotganini bildirdi.