Bugun 22 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Amerika avtomobil sanoati Tramp bojxona tariflaridan zarar ko‘rmoqda

A A A
Amerika avtomobil sanoati Tramp bojxona tariflaridan zarar ko‘rmoqda

AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi kuchayishi fonida Amerika avtomobil ishlab chiqaruvchisi Ford Xitoyga bir qator avtomobil modellarini yetkazib berishni to‘xtatgani haqida The Wall Street Journal manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Ford F-150 Raptor pikaplarini, Mustang sport kupesini, Bronco yo‘l tanlamas mashinalarini, shuningdek, Lincoln brendining Navigator yo‘l tanlamas mashinalarini eksport qilishni to‘xtatgan.

Ushbu modellar uchun Xitoy bojxona tariflarini 150 foizgacha oshirdi, bunda F-150 flagman versiyasining narxi taxminan 100 ming dollarga yetadi. 2024 yilda Ford Xitoyga ushbu modellardan 5,5 mingga yaqin avtomobil yetkazib bergan.

Kiritildi: 23:19 19.04.2025. O'qildi: 905 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!