Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

American Express Rossiyadagi bo‘linmasini yopish uchun ariza topshirdi

A A A
American Express Rossiyadagi bo‘linmasini yopish uchun ariza topshirdi

Amerikaning American Express banki Rossiyadagi bo‘linmasini tugatish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qildi. May oyida bunga ruxsat beruvchi buyruqni Rossiya prezidenti Vladimir Putin imzolagan edi. Bankning Moskva vakolatxonasi birinchi marta 1916 yilda ochilgan va 1957 yildan buyon uzluksiz ishlamoqda.

American Express Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan keyin xorijiy kompaniyalar uchun joriy qilingan yangi qoidalar asosida Rossiya bozorini tark etgan birinchi xorijiy bank bo‘ladi, deb yozadi «Kommersant» gazetasi. 2022 yil avgust oyidan boshlab Rossiyaga qarshi sanksiyalar rejimiga qo‘shilgan xorijiy kompaniyalar Moskva bilan Rossiya bozoridan chiqishning har qanday usulini, shu jumladan biznesni tugatish yo‘li bilan kelishib olishlari shart.

2022 yilga kelib Rossiya sayyohlik sanoatining qariyb 60 foizi mehmonxona va transport chiptalarini bron qilish uchun bank xizmatlaridan foydalangan. Fevral oyida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan keyin bank Rossiya va Belorussiyadan kelgan mijozlar uchun operasiyalarni to‘xtatdi, ammo Moskvadagi vakolatxonasini saqlab qoldi.

«Kommersant»ning yozishicha, bundan oldin American Express 1918 yilda inqilob tufayli Rossiya bozorini tark etgan. Vakolatxona 1957 yilda, Iosif Stalin vafotidan bir necha yil o‘tib qayta ochildi.

Kiritildi: 22:27 21.07.2024. O'qildi: 1568 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!