Amazon bosh direktori Endi Jessi yaqin bir necha yil ichida kompaniya ish jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyasi joriy etilishi sabab xodimlar soni qisqartirilishini ma’lum qildi.
— Biz generativ sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etar ekanmiz, bu ish jarayonlarini o‘zgartiradi. Ba’zi operasiyalar uchun ma’lum vazifalarni bajarishda bizga kamroq odam kerak bo‘ladi. Shu bilan birga, boshqa turdagi ishlar uchun esa ko‘proq xodim talab etiladi. Hozircha bu kabi tizimlar aniq qayerlarda joriy etilishini aytish qiyin, ammo yaqin bir necha yil ichida bu bizning umumiy xodimlar sonimizning qisqarishiga olib keladi, — deyiladi Amazon rahbarining xodimlarga yo‘llagan ichki xatida.
Kompaniyaning sun’iy intellektni rivojlantirishga kiritgan investisiyasi qariyb 105 milliard dollarni tashkil etadi. Ayni vaqtda butun dunyo bo‘ylab Amazonda faoliyat yuritadigan xodimlarning umumiy soni 1,6 million kishiga yetadi.